Dorixonalar uchun Chrome kengaytmasi

Imzolashdan oldin markirovka kodlarini tekshiring.

Fakturachi Didoxʼda ochilgan hisob-fakturadagi har bir markirovka kodini Asl belgisi va Tasnif boʻyicha tekshiradi. Bitta tugma, bitta aniq javob: imzolang yoki qaytaring.

15 kun bepul Didox API va parolisiz

Qanday ishlaydi

Uchta bazani solishtiradi

Didox Hisob-faktura va markirovka kodlari Asl belgisi Sotilganmi, egasi kim Tasnif MXIK va shtrix-kod mosligi fakturachi Natija 3 Muammo 1 Tekshirilmadi 5 Toʻgʻri

Nega kerak

Muammo imzolashda emas, sotishda chiqadi

Markirovka kodi balansga oʻtmagan boʻlsa, dori kassada sotilmaydi. Eng koʻp uchraydigan 3 holat:

Kod allaqachon sotilgan

Kassada: «Kod topilmadi». Distribyutor bilan tortishuv.

Fakturachi: «2 ta kod 20.10.2026 da sotilgan. Distribyutordan yangi kod soʻrang.»

Kod soni miqdorga mos emas

3 dona sotilmaydi, inventarizatsiyada kamomad.

Fakturachi: «Kod yetishmaydi: miqdor 30, kod 27. Distribyutordan 3 ta kod soʻrang.»

Kod Asl belgisida yoʻq

Kassada boshqa dori nomi chiqadi. Qaytarish bir necha kun.

Fakturachi: «1 ta kod Asl belgisida topilmadi. Distribyutordan tekshirishni soʻrang.»

Imkoniyatlar

1 ta kengaytma, 3 xil yechim

Tekshiruv

Imzolashdan oldin aniq javob

Didox ichida bir tugma orqali toʻliq xulosani oling. Kamchiligi bor dorilar yuqorida ajratib koʻrsatiladi va nima qilish kerakligi tushuntiriladi. Natijalarni Excelga yuklang, tekshiruvlar esa Telegram botingizda saqlanib boradi.

Qabul

Nima keldi, nima kelmadi

Qutilarni shunchaki skanerlang. Tizim tovarlar sonini solishtiradi, ortiqcha yoki notoʻgʻri markirovkalarni qizil bilan belgilaydi va barcha kamomadlarni Excel faylga kiritib beradi.

Tezkor tekshiruv

Hisob-fakturasiz ham tovar holatini aniqlang

Peshtaxtadagi istalgan qutini skanerlang — tizim hisob-fakturasiz ham darhol aniq javob beradi: «Sotish mumkin» yoki «Sotish mumkin emas».

Video

Kengaytma qanday ishlashini bitta videoda koʻring

Tekshiruv, qabul va tezkor tekshiruv haqiqiy hisob-faktura misolida koʻrsatiladi.

Video tez kunda Kengaytma imkoniyatlari bitta videoda tushuntiriladi

Oʻrnatish

Besh daqiqada ishga tushiring

Chromeʼga oʻrnatish

Chrome Web Storeʼda «Add to Chrome»ni bosing, boʻldi.

Telegram orqali roʻyxatdan oʻting

Botda raqamingizni tasdiqlang. Kompaniya maʼlumotlarini tizim Didox orqali oʻzi topadi. Sizdan faqat ism va «Asl belgisi» API kaliti soʻraladi, parol kiritish kerak emas.

Didoxʼda hisob-fakturani oching

Ixtiyoriy hisob-fakturani oching. Pastki oʻng burchakdagi «Tekshirish» tugmasini bossangiz, barcha maʼlumotlar ekranda koʻrinadi.

Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar

Didox parolim kerak boʻladimi?
Yoʻq. Didoxʼga oʻzingiz kirasiz, Fakturachi esa ochiq turgan sahifadagi hisob-fakturani oʻqiydi, xolos. Login va parolingizni soʻramaydi ham, saqlamaydi ham.
Asl belgisi API kalitini qayerdan olaman?
Asl belgisi shaxsiy kabinetida, «Foydalanuvchi profili» boʻlimida yaratiladi. Qadamma-qadam qoʻllanma: Kalitni qanday olish. Kalitni bir marta kiritasiz: u shifrlangan holda saqlanadi va faqat sizning markirovka kodlaringiz holatini soʻrash uchun ishlatiladi.
Bir nechta dorixonam bor. Bitta Telegram yetadimi?
Ha. Har bir INN uchun alohida hisob ochiladi, hammasini bitta Telegram bilan boshqarasiz. Kirish payti bot qaysi hisobga kirishni soʻraydi, xolos.
Maʼlumotlarim qayerga ketadi?
Faqat hisob-fakturadagi dori nomlari va markirovka kodlari Fakturachi serveriga boradi: u yerda Asl belgisi va Tasnif bilan solishtiriladi. Natija tarixda qoladi, uni botda koʻrasiz. Didox parolingiz, cheklar va narxlar hech qayerga yuborilmaydi.
Sinov tugasa nima boʻladi?
Tekshiruv va qabul toʻxtaydi, lekin hisobingiz, tarix va Excel fayllar botda qoladi. Hech narsa oʻchmaydi. Tarifni botda tanlab, oʻsha yerdan davom etasiz.

Keyingi hisob-fakturangizni Fakturachi bilan tekshirib koʻring